O‘zbekistonga tashrif davomida KOICA Agentligi Prezidenti janob Chan Von Sam UEnter’ga tashrif buyurdi va uning faoliyati, startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda IT va innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan infratuzilma bilan tanishdi.
Tomonlar, shuningdek, universitetlar va boshqa startaplarni qo‘llab-quvvatlash platformalarida biznes-inkubatsiya va akseleratsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar doirasida kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Comments