top of page

UEnter'da “Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarish” mavzusida uch kunlik trening o‘tkazildi.

Kurs Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan UNIDO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.


Trening ishtirokchilarning resurslardan foydalanishni optimallashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish usullari bo'yicha bilimlarini kengaytirishga qaratilgan.


Treningning nazariy qismi yakunida ishtirokchilar “Zelal Tekstil” sanoat korxonasiga tashrif buyurishdi va u yerda ishlab chiqarish jarayonlarini resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish nuqtai nazaridan takomillashtirishda UNIDO yondashuvlarini amalda qo‘llash namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.










Comments


bottom of page