top of page

UEnterda GIZning “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirish” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan Green Start startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida pitch-sessiyalar bo'lib o'tmoqda.

Dasturda ishtirok etish uchun UEnterga energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, suv resurslarini tozalash va ulardan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish va boshqa yashil yo'nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan startaplardan jami 258 ta ariza kelib tushdi.


Loyihalarni tinglash ariza beruvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda ham oflayn, ham onlayn rejimda amalga oshirilmoqda.


Tanlovda eng yuqori ball to‘plagan startaplar yakuniy Demo Day tadbirida ishtirok etadilar, unda g‘oliblarga loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun 20 mln. so‘mdan 400 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda grantlar ajratiladi.









Kommentare


bottom of page