top of page

UEnterda "Yashil taraqqiyot platformasi" doirasida uchinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.


Uchrashuv mavzusi: O'zbekistonda turli faoliyat sohalarida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish: olingan tajriba tahlili va natijalari.


Tadbir doirasida qishloq maktablari va boshqa ijtimoiy obyektlarda issiqlik nasoslari yordamida isitishni yo'lga qo'yish tajribasini va uning iqtisodiy imkoniyatlarini tahlil qilish ko'zda tutilgan.


Energiya samaradorligini oshirish va chiqindilarni kamaytirish maqsadida toʻqimachilik sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi va istiqbollari ham alohida koʻrib chiqiladi.


🗓 Sana: 2024-yil 17-oktabr

⏱️ Vaqti: 09:30 - 13:00

📍 Manzil: UEnter


Dastur bilan tanishish.



Yashil taraqqiyot platformasi O'zbekistondagi Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi (GEF KGD) tashabbusi bilan yaratilgan.



Yorumlar


bottom of page