top of page

Yashil taraqqiyot platformasi

UEnterda "Yashil taraqqiyot platformasi" doirasida "Energiya va suv" mavzusiga bag'ishlangan birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.


Uchrashuv O'zbekistondagi Global ekologik fondning Kichik grantlar dasturi (GEF KGD) tomonidan UEnter bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.


Yashil taraqqiyot platformasi biznes va ijtimoiy sohada yashil yechimlarni ilgari surish bo'yicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratilgan.

Birinchi uchrashuv davomida “Iste'molchilarga muqobil energiya uskunalarini sotib olishda ko‘maklashish bo‘yicha turli chora-tadbirlar – butun yashil energiya sanoatini rivojlantirish mexanizmi sifatida” mavzusida panel muhokamasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida yashil texnologiyalar ko'rgazmasini va kofe-breyk vaqtida keng qamrovli netvorking tashkil etish ko'zda tutilgan.

🗓 Sana: 2023-yil 27-dekabr

⏱ Vaqt: 09:00 - 12:00

📍 Manzil: UEnter

Dastur bilan tanishish.



Comments


bottom of page